BMT O‘zbekiston tashabbusi bilan 29 aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e’lon qildi
Bu sana 1966 yilda Toshkent shahrida sodir bo‘lgan vayronkor zilzilaning 60 yilligi munosabati bilan belgilandi.

BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan 29 aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujjatga dunyoning barcha mintaqalaridan 80 dan ortiq davlat hammualliflik qilgan.
Rezolyutsiya O‘zbekiston prezidentining zilzila qurbonlariga hurmat ko‘rsatish va bu borada xalqaro hamkorlik zarurligini eslatish maqsadida xotira va birdamlik kunini ta’sis etish to‘g‘risidagi tashabbusiga asoslangan.
Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni ilk bor 2026 yil 29 aprel kuni nishonlanadi. Bu sana 1966 yilda Toshkent shahrida sodir bo‘lgan vayronkor zilzilaning 60 yilligi munosabati bilan belgilandi.
Avvalroq BMT Bosh Assambleyasi Nyu-York shahrida O‘zbekiston tashabbusi bilan “Barqaror o‘rmon xo‘jaligi asosida o‘rmonzorlashtirish va o‘rmonlarni tiklash bo‘yicha Harakatlar Dekadasi” nomli rezolyutsiyani qabul qilgandi.
Mavzuga oid

20:46 / 29.04.2025
BMT: 2014 yildan beri dunyoda 72 mingdan ortiq migrant halok bo‘ldi

21:43 / 28.04.2025
O‘zbekiston ilk marta BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga saylandi

20:33 / 28.04.2025
BMT O‘zbekiston tashabbusi bo‘lgan rezolyutsiyani qabul qildi

21:49 / 25.04.2025