YeChL. "Barselona" ikki marta kambek qilib, "Inter"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 6 maydan 7 mayga o‘tar kechasi o‘tkaziladi.

Foto: Reuters
Yevropa Chempionlar Ligasi yarimfinalining ikkinchi juftlik bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.
Gollarga boy bo‘lgan uchrashuvda "Barselona" o‘z maydonida "Inter"ni qabul qilib, 3:3 hisobida durang qayd etdi. Maydon egalari safida Yamal va Torres 1tadan gol kiritgan bo‘lsa, yana bir gol Zommer tomonidan o‘z darvozasiga kiritildi. Mehmonlarning safida Dyumfris dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol Tyuram tomonidan kiritildi.
Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 6 maydan 7 mayga o‘tar kechasi o‘tkaziladi.
Chempionlar Ligasi. Yarimfinal.
Barselona - Inter 3:3
Gollar: Yamal 24, Torres 38, Zommer (ag) 65 - Tyuram 1, Dyumfris 21, 64
Barselona: Shensniy - Martin (Arauxo 46), Martines, Kubarsi (Kristensen 83), Kunde (Garsiya 42) - Pedri (Gavi 83), de Yong - Olmo (Lopes 67) - Rafinya, Torres, Yamal
Inter: Zommer - Bastoni, Acherbi, Bisek - Dimarko (Karlos Augusto 55), Mxitaryan, Chalxanoglu (Frattezi 71), Barella, Dyumfris (Darmian 81) - Tyuram (Zelinskiy 81), Martines (Taremi 46)
Ogohlantirishlar: Kubarsi 70 - Chalxanoglu 59
Mavzuga oid

15:45 / 30.04.2025
Bayram kayfiyatidagi «Barsa» muammoli «Inter»ga qarshi. YeChL yarimfinal o‘yini anonsi

16:39 / 27.04.2025
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?

12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi

19:27 / 26.04.2025