Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina parlamenti AQSh bilan mineral resurslar bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi
Kelishuv amerikalik investorlarga Ukrainaning tabiiy resurslarini o‘zlashtirish va ularning eksportidan daromad olish huquqini beruvchi «Tiklash bo‘yicha AQSh-Ukraina sarmoyalari jamg‘armasi»ni yaratishni nazarda tutadi.

Foto: rbc.ua
Oliy Rada (Ukraina parlamenti) AQSh bilan mineral resurslar bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi. Uni 338 deputat yoqlab ovoz berdi. Qarshi yoki betaraf ovozlar bo‘lmadi, biroq 9 nafar deputat ovoz berishda qatnashmadi.
Deputatlar Ukraina va AQSh o‘rtasidagi hukumatlararo kelishuvni bevosita ratifikatsiya qilishdi.
Tomonlar keyinroq imzolaydigan ikkita qo‘shimcha texnik kelishuv bor, biroq parlament ularni ratifikatsiya qilishi shartmas.
Kelishuv amerikalik investorlarga Ukrainaning tabiiy resurslarini o‘zlashtirish va ularning eksportidan daromad olish huquqini beruvchi «Tiklash bo‘yicha AQSh-Ukraina sarmoyalari jamg‘armasi»ni yaratishni nazarda tutadi.
Amerika kompaniyalari uchun Ukraina konlariga ustuvor kirish haqidagi kelishuv bir necha oy davomida muhokama qilindi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kelishuvni 2025 yil fevralida Vashingtonda imzolashi kutilgan edi. Biroq Oq uydagi mojarodan keyin Ukraina delegatsiyasi hujjatni imzolamasdan AQShni tark etdi.
Mavzuga oid

18:33
Tramp yangi dedlayn belgiladi – endi Putin o‘t ochishni 10-12 kun ichida to‘xtatishi kerak

18:20
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos

15:12
YeK: Kiyev korrupsiyaga qarshi organlar mustaqilligini saqlashi kerak

14:08