Sport | 02:17
12886
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi

Foto: Reuters

2025-26 yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi yarimfinalining ikkinchi juftlik javob o‘yini o‘tkazildi. 

Londondagi o‘yinda "Arsenal" ustidan kichik hisobda g‘alaba qozongan "PSJ" o‘z uyida ham ustun keldi – 2:1. Maydon egalari safida Ruis hamda Hakimi 1tadan gol urgan bo‘lsa, "Arsenal"ning yagona goliga Saka mualliflik qildi. 

"PSJ" 1 iyun kuni finalda "Inter"ga qarshi maydonga chiqadi. 

Yevropa Chempionlar Ligasi. Yarimfinal. Javob o‘yini. 

PSJ (Parij, Fransiya) – Arsenal (London, Angliya) 2:1
Gollar: 
Ruis 27, Xakimi 72 – Saka 76
PSJ: Donnarumma – Xakimi, Markinos, Pacho, Mendesh (G. Ramush 88) – J. Nevesh, Vitinya, Ruis – Barkola (Dembele 70), Due (Lyuka Ernandes 74), Kvaratsxeliya
Arsenal: Raya – Timber (Vayt 83), Saliba, Kivor, Lyuis-Skelli (Kalafiori 68) – Edegor, Parti, Rays – Saka, Merino, Martinelli (Trossar 69)
Ogohlantirishlar: Mendesh 18, Kvaratsxeliya 86 – Rays 26, Lyuis-Skelli 56, Kalafiori 86, Saka 86
Amalga oshirilmagan penalti: Vitinya 69
Ilk uchrashuv: 1:0

 

Mavzuga oid