Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
Ukraina rasmiylarining bayonotlariga qaramay, Moskva Istanbuldagi muzokaralar ustuvorligini ta’kidlashda davom etadi, dedi Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova. Kiyev va Yevropada o‘t ochishni to‘xtatish zaruriy shart deb hisoblanyapti.

Foto: Pixabay
Moskva uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilgunga qadar Istanbulda Ukraina bilan muzokaralar olib borishni talab qilmoqda. 11 may, yakshanba kuni Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga qarshi urushning «asosiy sabablari bo‘yicha muzokara jarayoni zarurligi haqida aniq gapirgan» tungi bayonotiga ishora qildi.
«Faqat shundan keyin» «sulh»ni muhokama qilish mumkin bo‘ladi, deya Zaxarovaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda TASS Rossiya davlat axborot agentligi.
Bundan oldin Rossiya prezidenti Ukrainaga «mojaroning asl sabablarini bartaraf etish va tarixiy istiqbolga ega uzoq muddatli, mustahkam tinchlik o‘rnatish sari harakat qilish uchun» urushni dastlabki shartlarsiz tugatish maqsadida 15 may kuni Istanbulda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi.
Shu tariqa u Ukraina va Yevropaning to‘rtta davlatining 12 maydan boshlab 30 kunlik otashkesim haqidagi taklifiga to‘g‘ridan to‘g‘ri izoh bermagan bo‘lsa-da, javob qaytardi. Avvalroq Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov, agar «nyuanslar» hisobga olinsa, Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid

16:55
Rossiya va Ukraina 2022 yildan buyon ilk muzokaralarga tayyorlanmoqda. Otishmalar davom etmoqda

14:24
Londonda TIV rahbarlari darajasida Ukraina bo‘yicha uchrashuv o‘tkaziladi

13:49
Erdo‘g‘an Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi bo‘yicha «burilish nuqtasi» haqida e’lon qildi

13:00