Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning o‘rta darajadagi kompaniyalari konsorsiumi (MSMs) a’zolarining yillik yig‘ilishida ishtirok etdi.
Tadbir davomida Malayziyaning yetakchi o‘rta biznes doiralari va Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari ishtirokida "Ochiq muloqot. Yangi ufqlar" mavzusida alohida panel sessiya bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston elchisi mazkur sessiyadagi chiqishida islohotlar, xususan, qulay investitsion muhitni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi. Shuningdek, yurtimizda malayziyalik tadbirkorlarga qaratilayotgan alohida e’tibor va imtiyozlar haqida ta’kidlandi.
MSMs a’zolari bo‘lgan qator kompaniyalarda O‘zbekiston bozorlari va Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun tashkil etilayotgan maxsus sanoat zonasi katta qiziqish uyg‘otdi.
Muloqot yakunida Malayziyaning bir qator ilg‘or kompaniyalari bilan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini birgalikda ishlab chiqish yuzasidan kelishib olindi.
MSMs Malayziya iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan 15 000 dan ziyod o‘rta darajadagi kompaniyalarni birlashtiradi. Mamlakat yalpi ichki mahsulotining 40 foizi aynan ushbu korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid

08:40
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi

07:40 / 06.05.2025
Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi

15:01 / 05.05.2025