O‘zbekiston | 16:21 / 16.05.2025
1875
2 daqiqa o‘qiladi

Bir qancha avtovokzal va avtostansiyalarga yangi nom berish taklif etildi

Transport vazirligi tomonidan avtovokzal va avtostansiya nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish hamda yangi nom berish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqildi.

Jumladan, uchta avtovokzal, to‘qqizta avtostansiyaga yangi nom berish taklif etilmoqda:

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi «Nukus Orqa Batis» avtovokzalini shaharning shimoliy qismida joylashganligi sababli «Shimoliy Nukus» deb qayta nomlash;

- Nukus shahridagi «Mega avto star» avtovokzaliga joylashgan joyi bo‘yicha «Jiydali-Boysun» nomini berish;

- Andijon shahridagi «G‘AVS» avtostansiyasini «Andijon» deb nomlash;

- Andijon viloyati, Shahrixon tumani markazida joylashgan «Mustaqillik» avtostansiyasini «Shahrixon» deb qayta nomlash;

- Qashqadaryo viloyatidagi «Muborak» avtostansiyasini mavze nomi bilan «Geolog» deb qayta nomlash;

- Navoiy shahri yaqinida joylashgan va viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan «Karmana» avtovokzalini «Navoiy» deb nomlash;

- Navoiy shahridagi ikkita «Navoiy» avtostansiyalarini «Malika» va «Sharq» — massivlar nomi bo‘yicha qayta nomlash;

- Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi avtoshohbekatlarga «Chinor» nomini berish;

- Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi «Mustang» avtostansiyasini «Guliston» deb qayta nomlash;

- Termizning shimoliy qismidagi «Termiz» avtostansiyasini «Shimoliy Termiz» deb nomlash;

- Surxondaryo viloyatidagi «Denov» avtostansiyasini mavze nomi bilan «Chag‘oniyon» deb qayta nomlash.

«Geografik obektlarning nomlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasiga muvofiq geografik obektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.

Mavzuga oid