Kiyev va mintaqaga tungi hujum: jabrlanganlar bor
Kiyev va mintaqa yirik havo hujumlariga uchradi. Poytaxtning besh tumanida qurol parchalarining qulashi qayd etildi, sakkiz kishi jabrlandi.

Foto: Alex Babenko/AP Photo/picture alliance
24 may, shanbaga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Kiyevga ballistik raketalar va UUA bilan hujum qildi. «Kiyev va uning chekkasida havo mudofaasi uzluksiz ishlamoqda», — deb xabar berdi shahar meri Vitaliy Klichko Telegramʼda.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda Kiyevda sakkiz kishi jabrlangan. Ikki kishi Dnipro tumanidagi kasalxonaga yotqizilgan, yana to‘rt nafariga Svyatoshinskiy tumanida joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Poytaxtning beshta tumanida — Solomenskiy, Svyatoshinskiy, Dnipro, Obolon va Shevchenko tumanlarida qurol parchalarining qulashi qayd etilgan.
Klichkoning ta’kidlashicha, Obolon tumanida qurol parchalari savdo markaziga tushgan. Bundan tashqari, Obolondagi turar joy binosida yong‘in sodir bo‘lgan.
23 may kuni kechqurun Kiyevda dronlar tahdidi va keyinchalik ballistika tufayli havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi. Ukraina havo kuchlari Kiyev yo‘nalishida ballistik raketalar uchirilgani haqida xabar berdi. 24 may kuni yarim tundan so‘ng poytaxt meri Klichko Kiyevga yo‘l olgan 20 ta hujumkor UUA haqida xabar berdi.
Mavzuga oid

14:39
Lavrov: Rossiya Vatikanda Ukraina bilan muzokara olib bormaydi

13:12
OAV Ukrainada 109 mingdan ortiq rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

21:59 / 23.05.2025
Finlandiya parlamenti bosh kotibi davlatga xiyonatda gumonlanmoqda

21:14 / 23.05.2025