Isroilning yordam tarqatish joylarini o‘qqa tutishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 52 kishiga yetdi
Falastindagi yordam tarqatish markazlari yaqinidagi hujumlar 27 maydan beri davom etmoqda.

Foto: Anadolu Agency
27 maydan buyon G‘azo sektoridagi gumanitar yordam tarqatiladigan hududlarni Isroil tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 52 nafarga yetdi, yana 340 kishi yaralandi.
G‘azo hukumati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, zarbalar Isroil va AQSh homiyligidagi «G‘azoga yordam jamg‘armasi» deb nomlangan tashkilot tomonidan yordam tarqatish punktlari joylashgan hududlarga berilgan. Rasmiylarga ko‘ra, bu markazlar yaqinida hujumlar bir haftadan beri davom etmoqda.
«Isroil kuchlari ochlikdan azob chekayotgan uch nafar tinch aholini o‘ldirib, yana 35 nafarini yaralab, yangi jinoyat sodir etdi», — deyiladi bayonotda.
Yana bir hujum eksklav janubidagi Rafah shahri hududida, yordam tarqatish markazlari joylashgan yerda sodir bo‘ldi. Falastin rasmiylari hujumlarni tinch aholiga qarshi 93 kunlik «ochlik va tizimli hujumlar» siyosatining bir qismi sifatida baholadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, markaz 27 maydan ish boshlaganidan buyon qurbonlar soni 52 nafarga, jami jarohat olganlar soni 340 nafarga yetgan.
27 maydan beri Isroil armiyasi AQSh va Isroil homiyligida faoliyat yurituvchi «G‘azo gumanitar yordam jamg‘armasi» deb ataladigan tashkilot doirasida tashkil etilgan tarqatish punktlariga hujum qilmoqda.
Shunday qilib, o‘tgan yakshanba kuni Isroil harbiylari G‘azo sektorida falastinliklar yordam tarqatilishini kutayotgan ikki xil hududga zarba berdi. Hujumlarda 32 kishi halok bo‘ldi, 232 kishi yaralandi.
Isroil tomoni gumanitar yordam kutayotgan tinch aholining o‘qqa tutilishi va o‘nlab odamlar halok bo‘lganini rad etadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi bosh komissari Filipp Lazzarini avvalroq «G‘azoda yordam tarqatish jarayoni o‘lim tuzog‘iga aylanganini» aytgan edi.
«G‘azoga insonparvarlik yordami jamg‘armasi» deb nomlangan tashkilot joriy yilning fevral oyida Jyenevada notijorat tashkilot sifatida tashkil etilgan. Amerika va Isroil OAV xabarlariga ko‘ra, jamg‘armaning tashkil etilishi ortida AQSh va Isroil rasmiylari turibdi.
Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi va G‘azodagi Falastin ma’muriyati tashkilot Tel-Aviv manfaatlarini ko‘zlab ishlayotganini va uning faoliyati BMT va boshqa mustaqil gumanitar tashkilotlarni mintaqa aholisiga yordam ko‘rsatish jarayonidan siqib chiqarishga qaratilganini ta’kidlamoqda.
AQSh jamg‘armani «mustaqil» tashabbus sifatida ko‘rsatganiga qaramay, uning ijrochi direktori Jyeyk Vud rasmiy ochilishdan bir kun oldin iste’foga chiqishini e’lon qildi.
Vud taklif etilayotgan yordam formati «insonparvarlik tamoyillariga zid» ekanligini bildirdi hamda betaraflik, insonparvarlik va mustaqillik kabi qadriyatlarni «siyosiy manfaatlar uchun qurbon qilib bo‘lmaydi», dedi.
Mavzuga oid

15:14 / 04.06.2025
2024 yil mojaro hududlarida yashayotgan bolalar uchun «tarixdagi eng og‘ir yillardan biri» bo‘ldi

14:15 / 04.06.2025
Isroil armiyasining G‘azoga hujumi bir kunda 40 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

13:09 / 04.06.2025
BMT: Isroilning G‘azodagi tinch aholiga hujumi urush jinoyati bo‘lishi mumkin

13:51 / 03.06.2025