O‘zbekiston | 13:32 / 05.06.2025
8066
5 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida harorat pasayishi kutilmoqda

Qurbon hayiti kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston hududiga 6–7 iyun kunlari nisbatan salqin va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi.

6 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, 7 iyunda Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati asta-sekin pasayishi kutilmoqda. 6 iyunda shimolda, janubda va cho‘l hududlarda, 7 iyunda markaziy va sharqiy viloyatlarda harorat +28...+33 darajagacha, yomg‘ir paytida +25...+27 darajagacha pasayadi.

8 iyunda O‘zbekistonning barcha hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat +2...+3 darajaga ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 5-6 iyun kunlari ayrim joylarda ba’zida 20–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida 6 iyun kuni havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 33 daraja atrofida bo‘ladi.

7 iyunda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +27...+29 daraja bo‘ladi.

8 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +33...+35 darajani tashkil etadi.

6 iyun uchun ob-havo prognozi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 12–15 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +22...+24 daraja, kunduzi +33...+35 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20–22 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20–22 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniyatezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid