Jahon | 11:09
6091
3 daqiqa o‘qiladi

Isroil G‘azoga ketayotgan va bortida Greta Tunberg bo‘lgan kemani qo‘lga oldi

"Madlin" kemasi yo‘lovchilari deportatsiya qilinishi kutilmoqda, Isroilning o‘zi esa unda G‘azo sektoriga gumanitar yordamni yetkazadi.

Foto: Freedom Flotilla Coalition

Isroil harbiy-dengiz kuchlari bortida gumanitar yordam va faollar, jumladan, shvetsiyalik faol Greta Tunberg bilan G‘azo sektoriga ketayotgan "Madlin" (Madleen) kemasini qo‘lga oldi. Harbiylar kuzatuvi ostida kema Isroil qirg‘oqlariga yo‘naltirildi, uning yo‘lovchilariga zarar yetmadi, deb xabar berdi Isroil TIV 9 iyun, dushanbaga o‘tar kechasi X ijtimoiy tarmog‘ida.

Idora bayonotiga ko‘ra, "Madlin" yo‘lovchilari o‘z vataniga qaytadi, bortda bo‘lgan gumanitar yordam esa «haqiqiy gumanitar kanallar» orqali G‘azo sektoriga yuboriladi. Shu bilan birga, Isroil vakillari dengiz blokadasini buzishga uringan kemaning o‘zi bilan nima sodir bo‘lishini aniqlashtirmadi.

Avvalroq Isroil mudofaa vaziri Israel Kats "Madlin" kemasini Falastin hududi qirg‘oqlariga yaqinlashtirmaslikni buyurgan edi. «Antisemit Greta va uning hamrohlariga, HAMAS targ‘iboti vakillariga aniq aytmoqchiman: orqaga qayting, G‘azoga yetib borolmaysiz», — deyiladi vazir ofisi tomonidan e’lon qilingan bayonotda.

"Madlin" kemasining G‘azo sektoriga jo‘natilishini tashkil qilgan "Ozodlik flotiliyasi" koalitsiyasi o‘zining Telegram-kanalida kema «xalqaro suvlarda hujumga uchraganini» yozdi. «Kvadrokopterlar kemani o‘rab oldi va unga oq rangli qo‘zg‘atuvchi moddani sepdi», — deya xabar berdi faollar. «Aloqa o‘chirib qo‘yildi, radioda xavotirli tovushlar yangradi». Shundan so‘ng kema qo‘lga olindi. Biroq Isroil harbiy-dengiz kuchlari tomonidan kema bortida suratga olingan videolarda maxsus vositalardan foydalanish oqibatlari ko‘rsatilmagan.

Mavzuga oid