Toshkent-sitida LVMH flagman do‘koni ochilishi mumkin
O‘zbekiston prezidenti Yevropa biznesi bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev Standard Chartered, International Hospitals Group, LVMH, Airbus kabi Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.
Davlat rahbari forumda Yevropa davlatlaridan ishtirokchilar sonining ko‘paygani tomonlar iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanidan dalolatligini ta’kidladi.
Yevropa mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar soni va investitsiyalar portfeli ko‘payib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Faol madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm almashinuvlari yo‘lga qo‘yilgan.
Standard Chartered kompaniyasi rahbari Saif Malik bilan kichik biznes va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, O‘zbekiston banklari tomonidan yangi kredit liniyalarini o‘zlashtirish bo‘yicha sheriklikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
International Hospitals Group boshqaruvi raisi Chester King bilan klinika qurish rejalari, shuningdek, O‘zbekistondagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish masalalari muhokama qilindi.
Toshkent-sitida LVMH flagman do‘konini ochishni tezlashtirish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, O‘zbekistondagi ipak va tabiiy xomashyo ishlab chiqaruvchilarni kompaniyaning ta’minot zanjiriga kiritish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Airbus kompaniyasining Yevropadagi prezidenti Yohan Pelise bilan suhbatda aviatsiya sohasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Uzoq muddatli hamkorlik dasturini qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.
LVMH Moët Hennessy — Louis Vuitton — fransuz transmilliy kompaniyasi bo‘lib, Christian Dior, Louis Vuitton, Givenchy, Guerlain, Moët & Chandon, Hennessy, Chaumet va boshqa brendlar ostida hashamatli mahsulotlar ishlab chiqaradi. Bosh qarorgohi Parijda joylashgan.
Mavzuga oid

17:07 / 12.06.2025
Shavkat Mirziyoyev samolyot aviahalokati yuzasidan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi

16:32 / 12.06.2025
Toshkentda Xalqaro tijorat sudi ochiladi

15:50 / 12.06.2025
Agalarov Development Chorvoqdagi Sea Breeze Uzbekistan loyihasiga 5 mlrd dollar investitsiya kiritadi

21:27 / 11.06.2025