Iqtisodiyot | 11:52
1886
1 daqiqa o‘qiladi

Uzum 70 mln dollar jalb qildi va kompaniya qiymati 1,5 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistondagi yirik raqamli ekotizim – Uzum Xitoyning AT-giganti Tencent hamda VR Capital xalqaro investitsion fondidan qariyb 70 mln dollar jalb qildi. Kelishuvlarda 2024 yil mart oyida yakunlangan birinchi raundning lid-investori bo‘lmish FinSight Ventures ham ishtirok etdi.

Foto: Kun.uz 

Investitsiya jalb qilishdan keyin Uzum'ning baholangan yakuniy qiymati taxminan 1,5 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

Uzum ekotizimidagi xizmatlardan bugungi kunda qariyb 17 million o‘zbekistonlik foydalanmoqda. Kompaniya 3 yildan kamroq vaqt ichida mamlakatdagi eng yirik soliq to‘lovchilardan biriga aylandi.

Bu vaqt davomida 12 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratilishi yaratilishi bilan birga, kichik va o‘rta biznes uchun yangi imkoniyatlar ochildi: hozirda respublika bo‘yicha 40 mingdan ortiq tadbirkor o‘z faoliyatini Uzum bilan birgalikda yuritmoqda.

Jalb qilingan mablag‘lar ekotizimning o‘z fintex-infratuzilmasini rivojlantirish, mahsulotlar qatorini kengaytirish, elektron tijorat yechimlarini takomillashtirish va Uzum'ning onlayn savdo va fintex bozorlaridagi mavqeyini mustahkamlashga yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid