Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: O‘zbekistonga 2017-2024 yillarda 188 mlrd dollar investitsiya kiritildi
Vengriyaning Eurasia Magazine jurnalida "O‘zbekiston – Yevrosiyoning yangi investitsiya markazi: mintaqaviy o‘zgarishlardan global e’tirofgacha" sarlavhali maqola chop etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Maqolada 2025 yil iyun oyida O‘zbekistonda o‘tkazilgan To‘rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi respublikaning islohotlar yo‘lidagi muvaffaqiyatlari va xalqaro maydondagi nufuzining oshganini namoyon qildi. "Forumda 8 mingdan ziyod ishtirokchi, jumladan 100 dan ortiq davlatlar va xalqaro moliya institutlari, YeBRR va BRIKSning Yangi taraqqiyot banki rahbarlari ishtirok etdi. 30,5 milliard dollarlik shartnomalar imzolangani esa O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligining sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi", – deyilgan nashrda.
Iqtisodiy sohada O‘zbekistonning so‘nggi 7 yildagi transformatsiyasi ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, YaIMning 2017 yildan 2024 yilgacha sezilarli o‘sishi va sanoat sektoridagi yuqori taraqqiyot mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy omiliga aylandi. Investitsiya bo‘yicha qonunchilikning takomillashgani va soliq imtiyozlari kabi islohotlar tadbirkorlik muhitini yaxshilab, xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga xizmat qildi. "O‘zbekistonga 2017-2024 yillarda 188 milliard dollar investitsiya kiritilgani va 16 mingdan ortiq xorijiy kapital ishtirokidagi korxona ochilgani buning yaqqol ifodasidir", – deya qayd etilgan manbada.
Vengriya OAVda ta’kidlanganidek, O‘zbekistonning mintaqaviy va xalqaro munosabatlardagi o‘rni ham sezilarli darajada mustahkamlandi. "Ko‘p vektorli diplomatiya, Markaziy Osiyoda tinchlik va integratsiyani ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar, shuningdek, Janubiy Osiyo bilan munosabatlarni mustahkamlash mamlakatni mintaqada muhim hokimiyat markaziga aylantirmoqda. Iqtisodiy o‘sish va mintaqaviy hamkorlik orqali O‘zbekiston Yevrosiyo va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi iqtisodiy bog‘lovchi nuqtaga aylanishda davom etmoqda", – deb yozilgan Eurasia Magazine'da bosilgan maqolada.
Mavzuga oid

21:41 / 28.07.2025
Andijonda 40 million dollarlik innovatsion klinika barpo etilishi mumkin

18:25 / 28.07.2025
2 mlrd dollarlik investitsiya, 100 mln tonna neft va 35 mlrd kub metr gaz – SOCAR bilan imzolangan bitim tafsilotlari

13:07 / 25.07.2025
O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash choralari tasdiqlandi

15:16 / 22.07.2025