Markaziy bank fuqarolarni raqamli firibgarlik haqida ogohlantirdi
So‘nggi vaqtlarda raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlari murakkablashib bormoqda. Bu fuqarolarning ogohligi oshgani bilan bog‘liq.

Foto: Kun.uz
Firibgarlar o‘zini uyali aloqa operatori “xodimi” sifatida tanishtirib, fuqaroga qo‘ng‘iroq qiladi va shartnomani uzaytirish bahonasida shaxsiy ma’lumotlarini olishga urinadi.
Keyinchalik, Telegram orqali “Markaziy bank” nomi bilan soxta profildan xabar yuboriladi. Unda fuqaroning bank ilovalariga begona shaxslar kirishga uringani, yoki kredit amaliyoti to‘liq yakunlanmagani haqida yolg‘on ma’lumot beriladi.
Fuqaro hamkorlik qilmasa, unga nisbatan jinoiy javobgarlik bilan tahdid qilinadi. Ishonch uyg‘otish uchun ochiq manbalardan (masalan, lex.uz) Jinoiy-protsessual kodeksning elektron fayli ham biriktiriladi.
Agar fuqaro bu soxta ma’lumotlarga ishonib, ko‘rsatmalarni bajarsa, bankdagi mablag‘laridan mahrum bo‘lishi mumkin.
Markaziy bank bu kabi holatlarga hech qanday aloqasi yo‘qligini rasman ma’lum qildi va fuqarolarni ogoh bo‘lishga chaqirdi.
Mavzuga oid

21:03 / 14.06.2025
O‘zbekistonda nasiya savdo. Bir yilda bo‘lib to‘lash 1,5 barobargacha qimmatga tushadi

17:14 / 14.06.2025
“2000-yillar boshidagi daraja” – plastik karta egalari kartalarni yoptirishda byurokratiyaga duch kelyapti

13:17 / 12.06.2025
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

15:34 / 10.06.2025