Eronda internetga kirish cheklab qo‘yildi
Eronning internet muammolari Isroil bilan harbiy mojaro va davom etayotgan raketa zarbalari fonida yuzaga keldi.

Foto: Reuters
Internet erkinligi bo‘yicha ehtimoliy cheklovlarni kuzatuvchi NetBlocks tashkilotiga ko‘ra, tarmoq ma’lumotlari Eron internetdan deyarli butunlay mahrum bo‘lganini ko‘rsatadi.
«Real vaqt rejimidagi tarmoq ma’lumotlari Eronda internet deyarli to‘liq o‘chirilgan holatda ekanini ko‘rsatmoqda», deyiladi tashkilot bayonotida. NetBlocks tashkilotining aniqlik kiritishicha, avval ham Eron tarmog‘ida qisman uzilishlar qayd etilgan.
Keyinroq Eron Aloqa vazirligi mamlakat ichidagi tarmoqqa kirishga cheklovlar joriy etganini e’lon qildi. Eronning internet muammolari Isroil bilan harbiy mojaro va davom etayotgan raketa zarbalari fonida yuzaga keldi.
13 iyun kuni Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiyani boshladi va yirik yadroviy va mudofaa inshootlariga hujum qildi. Shundan so‘ng, Eron ham Isroilga raketa zarbalarini berdi. Harbiy mojaro hamon davom etmoqda.
Mavzuga oid

01:25
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi

00:36
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi

23:26 / 18.06.2025
XAEA rahbari Eron yadro quroli ishlab chiqarayotganiga hech qanday dalil yo‘qligini aytdi

22:13 / 18.06.2025