Jahon | 00:36
12658
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi 

«Sijjil» Eronning ikki bosqichli qattiq yoqilg‘ida 2000 km masofaga uchadigan ballistik raketasi hisoblanadi.

Eron ilk bor Isroilga qarata 2000 km masofali «Sijjil» ballistik raketasini uchirdi. Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bayonot berdi.

Tasnim nashri raketaning uchirilishi aks etgan videoni e’lon qildi. Bu ehtimol, «Sijjil» raketasining birinchi jangovar ishlatilishi; oldingi barcha uchirishlar sinov va mashg‘ulot bo‘lgan.

«Sijjil» - Eronning ikki bosqichli qattiq yoqilg‘ida uchadigan o‘rta masofaga (taxminan 2000 km) mo‘ljallangan ballistik raketasi, atmosferaga kirish tezligi 12-14 Max. Mutaxassislar uni boshqa narsalar qatori yadro qurolini tashuvchi vosita deb hisoblaydi.

«Sijjil» raketasining Isroilga qanchalik talofat yetkazgani ma’lum emas. Isroil armiyasi bugun uchirilgan raketalarning barchasi urib tushirilganini e’lon qilgan.

Mavzuga oid