11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgan pedofil uzoq muddatga qamaldi
Abror Kozubayev bloger niqobi ostida boshqa ayolni ikkinchi xotin qilib olgan va uning voyaga yetmagan 11 yoshli qizini muntazam zo‘rlab kelgan. U rad qilib bo‘lmas dalillar bilan qo‘lga olingandi. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Voyaga yetmagan qizni muntazam zo‘rlab kelgan 32 yoshli Abror Kozubayev jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Kun.uz’ga Toshkent shahar sudi matbuot xizmati rahbari xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Abror Kozubayevga oid jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining 2024 yil 27 dekabrdagi hukmi bilan Abror Kozubayev Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi 2-qismi bilan ayblash epizodi bo‘yicha harakatlarida jinoyat tarkibi bo‘lmagani sababli aybsiz deb topilib, oqlangan.
U Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi, 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) 3-qismi, 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi, 25,119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi va 119-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 17 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Tayinlangan jazoning 1 yilini turmada, qolgan qismini umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan. Shuningdek, hukm qonuniy kuchga kirgach, Abror Kozubayevdan jabrlanuvchi M.A. foydasiga jinoyat oqibatida yetkazilgan 254,6 mln so‘m moddiy zararni undirish nazarda tutilgan.
Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasining 2025 yil 17 apreldagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudi hukmining Abror Kozubayevga oid qismi o‘zgartirilgan. Ya’ni uning harakatlaridan o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish jinoyati hamda ushbu jinoyat bo‘yicha tayinlangan jazo chiqarilgan. Shu tariqa, Abror Kozubayevga jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 16 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Hukmning qolgan qismi o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
2024 yilning iyun oyida Abror Kozubayev voyaga yetmagan 11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgani ma’lum bo‘lgandi. 5 farzandning otasi bo‘lgan ushbu shaxs qonuniy xotini bo‘la turib, bloger niqobi ostida boshqa bir erkak bilan rasmiy nikohi bekor qilinmagan ayolni o‘ziga ikkinchi xotin qilib olgan. Shu bilan ham qoniqmay, ikkinchi xotinining voyaga yetmagan qizini ham muntazam zo‘rlab kelgan.
Mavzuga oid

18:13 / 19.06.2025
Shamol siljishi tufayli bir necha samolyot Toshkentga qo‘nolmadi

20:22 / 18.06.2025
Qo‘yliq bozorida bo‘g‘ma ilonlarni noqonuniy sotayotganlar jazolandi

14:12 / 14.06.2025
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi

11:54 / 14.06.2025