Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘m dollarga nisbatan 4 kunda qariyb 1,6 foizga mustahkamlandi
Dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi savdo kuni so‘mga nisbatan pasayib, deyarli 201 so‘mga (1,57 foiz) arzonlashdi. 20 iyun kuni amalda bo‘ladigan 12 559,3 so‘mlik rasmiy kurs – 2024 yilning 1 avgustidan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 20 iyundan boshlab xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. AQSh dollari kursi kunlik savdolar yakuniga ko‘ra yana 59,3 so‘mga o‘z qiymatini yo‘qotdi.
Umuman olganda, dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi savdo kuni so‘mga nisbatan pasayib, deyarli 201 so‘mga (1,57 foiz) — 12 760,2 so‘mdan 12 559,2 so‘mga arzonlashdi. Bu – 2024 yilning 1 avgustidan (12 615,9 so‘m) beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkich.
Yil boshidan buyon milliy valuta AQSh valutasiga nisbatan 2,67 foizga mustahkamlandi. Taqqoslash uchun, 2024 yilning mos davrida so‘m 2,2 foizga (12 352 so‘mdan 12643 so‘mga) qadrsizlangan edi.
Kun davomida Amerika valutasini 12 650 so‘mdan boshlab sotib olish mumkin bo‘ldi.
Ayni paytda so‘m kursining mustahkamlanishiga pul o‘tkazmalari oqimining ko‘payishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning oshishi, asosiy hamkor davlatlar milliy valutalarining barqarorlashishi va oltin narxining qimmatlashishi fonida eksportning o‘sishi va savdo taqchilligining qisqarishi kabi omillar ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetidan 3 mingdan ortiq talaba chetlatildi
Jahon | 19:19
-
O‘zbekiston Butunjahon yozgi Universiadani 13-o‘rinda yakunladi
Sport | 19:16
-
Bosqichma-bosqich eski quvurlardan zamonaviy issiqlik tizimiga o‘tilmoqda - Veolia Energy Tashkent
O‘zbekiston | 19:00
-
Tramp yangi dedlayn belgiladi – endi Putin o‘t ochishni 10-12 kun ichida to‘xtatishi kerak
Jahon | 18:33
Mavzuga oid

23:00 / 28.06.2025
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti

22:56 / 20.06.2025
So‘m 5 kunda 2 foizga mustahkamlandi. Bunga nimalar ta’sir qilyapti?

18:57 / 10.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?

16:34 / 29.05.2025