Jahon | 12:42 / 21.06.2025
6060
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya yetakchisi Armaniston bosh vaziri bilan tarixiy uchrashuv o‘tkazdi

Pashinyan Erdo‘g‘anning taklifiga binoan Istanbulga tashrif buyurdi. Tarixiy uchrashuv Isroil va Eron o‘rtasida ikkinchi haftadan beri davom etayotgan o‘zaro hujumlar fonida bo‘lib o‘tdi.

Foto: Mustafa Kamaci/TUR Presidency/Anadolu Agency/IMAGO

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbulda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashdi. Bu haqda 20 iyun, juma kuni Turkiya davlati rahbarining aloqa bo‘limi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan voqeani tarixiy deb atadi va bu «Armaniston rahbarining Turkiyaga bunday darajadagi birinchi tashrifi» ekanini ta’kidladi. 2023 yilda ham Pashinyan Turkiyaga tashrif buyurgan — u Anqaraga Erdo‘g‘anning inauguratsiyasi uchun kelgan. Yerevanga ko‘ra, bu safar Armaniston diplomatik aloqaga ega bo‘lmagan Turkiya bilan munosabatlarni normallashtirish uchun ham, Boku bilan ziddiyatni hal qilish uchun ham zarur bo‘lgan.

Pashinyan Istanbulga Erdo‘g‘anning taklifiga binoan keldi, deb xabar beradi AFP.

Dolmabahche saroyidagi uchrashuvda Turkiya prezidenti Isroil va Eronning o‘zaro hujumlari fonida Yaqin Sharqdagi xavflarni kamaytirish maqsadida boshqa yetakchilar bilan aloqalarga ham ishora qildi. Eron Turkiya va Armaniston bilan chegaradosh. Anqara nafaqat Kavkazda, balki butun mintaqada barqarorlikni o‘rnatish uchun barcha diplomatik vositalardan foydalanadi, deya Turkiya prezidentining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Anadolu agentligi.

Erdo‘g‘an Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida erishilgan konsensusning muhimligini ta’kidladi. Istanbuldagi uchrashuv ishtirokchilari Janubiy Kavkazdagi tinchlik jarayoni masalasiga ham to‘xtaldi.

Mavzuga oid