Erdo‘g‘an va Tramp yopiq uchrashuv o‘tkazdi
NATO sammiti doirasida Haagada bo‘lib turgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Erdo‘g‘an uchrashuvda mudofaa sanoatidagi hamkorlikning rivojlanishi AQSh-Turkiya savdo aylanmasini 100 milliard dollarga yetkazish maqsadiga xizmat qilishini aytgan.

Foto: Anadolu Agency
NATO davlat va hukumat rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun Haagada bo‘lib turgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 24 iyun kuni u yerda Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Prezidentlar uchrashuvi NATO sammitida qatnashayotgan yetakchilar va ularning rafiqalari sharafiga Gollandiya qiroli tomonidan uyushtirilgan kechki ovqatdan so‘ng, OAV uchun yopiq tarzda o‘tkazildi.
Anadolu nashrining xabar berishicha, prezident Erdo‘g‘an uchrashuv AQSh bilan mudofaa sanoatidagi hamkorlikning rivojlanishi ikki tomonlama savdo hajmini 100 milliard dollarga yetkazish maqsadiga xizmat qilishini aytgan.
«Turkiya rahbari AQSh prezidenti Trampning sa’y-harakatlari natijasida Isroil va Eron o‘rtasida erishilgan sulhni olqishladi. U bu sulh barqaror bo‘lishini tiladi va G‘azo sektoridagi gumanitar fojiani imkon qadar tez to‘xtatish hamda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni tinch yo‘l bilan hal etish uchun yaqin muloqot muhimligini ta’kidladi», deyiladi xabarda.
Shuningdek, NATOning yetakchi ittifoqchilari sifatida ikki davlat Alyansning tiyib turuvchi salohiyatini mustahkamlash borasida qadamlarini gaplashgan.
Mavzuga oid

15:58
Tramp Eronga berilgan zarbalarni Xirosima va Nagasaki portlashlariga qiyosladi

12:16
«Mudofaa xarajatlarini oshirish va 5-moddaga sodiqlik» – NATO sammitidan nimalar kutilmoqda?

11:12
Kallas: Ukraina Yevropa Ittifoqi uchun asosiy ustuvor yo‘nalish

21:21 / 24.06.2025