Shveytsariya ukrainalik qochoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etmoqda
Shveytsariyada qochoq maqomini olgan ukrainaliklar endi yarim yil davomida Ukraina hududida 15 kundan ortiq qoladigan bo‘lsa, ushbu maqomdan mahrum etiladi.

Foto: Jean-Christophe Bott
2025 yil kuzdan boshlab Shveytsariya ukrainalik qochoqlarni ularga o‘z vatanida hayot va sog‘lig‘i uchun bevosita xavf tug‘diradigan holat kuzatilayotgan taqdirdagina uzoq davom etadigan ma’muriy jarayonlarsiz qabul qiladi, deb yozmoqda Bild.
Qayd etilishicha, qolgan barcha umumiy asosda boshpana taqdim etilishi bo‘yicha jarayonlardan o‘tishi kerak bo‘ladi. Yangi qoidalar kuchga kirgunga qadar hukumat o‘z harakatlarini YeI bilan kelishib olish niyatida.
Migratsiya masalalari bo‘yicha davlat kotibiyati (SEM) boshpana so‘rovlari bo‘yicha yangi arizalarni ko‘rib chiqishda «xavfsiz» va «xavfsiz bo‘lmagan» mintaqalarni farqlashi kerak bo‘ladi.
«SEM’ning baholashicha, mamlakatning Ukraina tomonidan nazorat qilinayotgan ayrim hududlarida ayni vaqtda intensiv jangovar harakatlar olib borilmayapti», — deyiladi Shveytsariya hukumati xabarida.
Shveytsariyadan boshpana olishga ulgurgan ukrainaliklar mamlakatda qoladi. Ammo ular uchun talablar kuchaytiriladi: yarim yil davomida Ukraina hududida 15 kundan ortiq qoladigan bunday fuqarolar qochoq maqomidan mahrum bo‘ladi (hozirga qadar har chorakda 15 kun qolishga ruxsat berilayotgan edi).
Ma’lumot uchun, Shveytsariyada hozirda 69 mingdan ortiq ukrainalik qochoq yashab keladi.
Mavzuga oid

19:52 / 25.06.2025
Zelenskiy Tramp bilan NATO sammitida uchrashdi

14:14 / 25.06.2025
AQSh generali Grinkevich Ukrainaning urushda g‘alaba qozonishiga ishonyapti

13:45 / 25.06.2025
Rossiyaning Dneprga hujumi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

11:12 / 25.06.2025