Sputnik agentligining Bokudagi ofisida Rossiya maxsus xizmatining ikki xodimi qo‘lga olindi
Ozarboyjon huquq-tartibot idoralari Sputnik axborot agentligining Bokudagi ofisida tintuv o‘tkazdi. U yerda FXXning ikki xodimi qo‘lga olindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular tahririyatda yashirin tarzda faoliyat yuritib kelgan.

Foto: apa.az
Ozarboyjon politsiyasi Sputnik axborot agentligining Bokudagi ofisida o‘tkazilgan tintuvlar davomida ikki nafar Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimini qo‘lga oldi. Bu haqda respublika huquq-tartibot organlaridagi manbalariga tayanib Vesti.az xabar berdi.
Minval ma’lumotlariga ko‘ra, ular tahririyatda yashirin tarzda ishlagan. Politsiya 30 iyun kuni agentlik joylashgan binoni qurshab olgan, keyin esa ish joyida bo‘lmagan barcha xodimlarni ofisga chaqirtirgan. Ozarboyjon IIV buni «operatsiya» deb atab, keyinroq batafsil ma’lumotlar taqdim etishga va’da berdi.
O‘z navbatida RF Tashqi ishlar vaziri agentlik jurnalistlari Rossiya fuqarosi bo‘lsa-da, rossiyalik diplomatlar ularning oldiga qo‘yilmayotganini ma’lum qildi. Rossiya tashqi siyosiy idorasining rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga ko‘ra, RF elchixonasi sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatini xabardor qilgan, ammo ulardan javob ololmagan. Shuningdek, «Rossiya segodnya» rahbari (Sputnik ushbu mediaguruh tarkibiga kiradi) Margarita Simonyanning so‘zlariga ko‘ra, agentlik xodimlari 2 soatdan oshiq vaqtdan beri aloqaga chiqmayapti.
Joriy yilning fevral oyida Boku Moskva bilan munosabatlar yomonlashgani fonida Sputnik axborot agentligi faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgandi. Respublika TIV matbuot kotibi Oyxon Hojizoda agentlik faqat bir nafar muxbir uchun akkreditatsiya olishi mumkinligini aytgan edi. Ammo Sputnik Ozarboyjon hukumatining qarorini bajarmay, «mamlakat qonunchiligi va manfaatlariga» zid bo‘lgan axborotlarni tarqatish orqali faoliyatini davom ettirgan. Minval ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya agentligining xodimlari o‘tgan vaqt davomida ofisga kelishda davom etgan, maosh olgan, tadbirlarga tashrif buyurgan va tez orada faoliyatlari to‘liq tiklanishini kutayotganini ma’lum qilgan.
Ozarboyjondagi Sputnik ofisida tintuvlar Yekaterinburgda Ozarboyjonning 50 dan ortiq fuqarosi qo‘lga olinganidan keyin boshlandi. Rossiya Tergov qo‘mitasi ularni «etnik jinoiy guruh» deb atab, qator qotilliklarda aybladi. Ozarboyjon TIV qo‘lga olinlar orasida halok bo‘lganlar va yaralanganlar borligini ma’lum qildi. Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, ulardan biri «yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan». Ikkinchi fuqaroning o‘limi sababi hozirda «aniqlanmoqda».
Mazkur voqealardan keyin Ozarboyjon Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchukni qabul qilishdan bosh tortdi, mamlakat Mudofaa vazirligi esa RF bilan hamkorlikdagi barcha tadbirlarni bekor qildi.
Bunga javoban Kreml huquq-tartibot idoralarining xatti-harakatlari diplomatik demarshlar uchun sabab bo‘la olmasligini aytdi. «Biz bunday qarorlar qabul qilinganidan chin yurakdan afsusdamiz», - dedi RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Mavzuga oid

11:28
Donetskka zarba: bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi

11:10
“Propaganda ham nima deyishni bilmaydi” - Rossiya NATOning kuchayishini chorasiz kuzatmoqda

10:25
FT: NATO Odessa qo‘lga kiritilishi va kuzgacha frontda o‘zgarish sodir bo‘lishidan xavotirda

08:20