O‘zbekiston | 10:39
723
1 daqiqa o‘qiladi

Uzcosmos dala yong‘inlarini kuzatish imkonini beruvchi portalni ishga tushirdi

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan dala yong‘inlarini kuzatish imkonini beruvchi portal ishga tushirildi.

Saytdan skrinshot

Endilikda barcha fuqarolar respublikaning qaysi hududida dala yong‘inlari sodir bo‘layotgani, uning manzili va hajmi bo‘yicha dalayongini.cmspace.uz ochiq portali orqali to‘liq ma’lumot olishi mumkin.

Uzcosmos shu kabi salbiy holatlar bo‘yicha xabardorlikni oshirish maqsadida maxsus @UzCosmos_Yongin_bot’ni ham ishga tushirdi. 

U orqali dala yong‘inlariga guvoh bo‘lganlar real vaqt rejimida suratlar va manzillarni agentlikka yuborishi mumkin.

Mavzuga oid