Isroilning G‘azoga ertalabki hujumi oqibatida 29 falastinlik halok bo‘ldi
Isroil armiyasi ko‘chirilganlarning uylari va chodirlariga hujum qilmoqda.

Foto: Anadolu Agency
Isroil armiyasining blokadadagi G‘azo sektorining turli hududlariga ertalab uyushtirgan hujumlari natijasida 29 kishi halok bo‘ldi, ular orasida gumanitar yordam kutayotgan 10 nafar falastinlik bor.
Zarbalarning asosiy nishoni tinch aholi va yordam kutayotgan ichki ko‘chirilganlar bo‘ldi.
Tibbiy manbalar va guvohlarga ko‘ra, G‘azo janubidagi Xon-Yunus shahrida Isroil kuchlari Al-Mevasi tumanidagi uyga hujum qilib, ikki falastinlikni o‘ldirgan.
Xon-Yunusda ko‘chirilgan falastinliklarga tegishli 3 ta chodirning bombardimon qilinishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi.
Bundan tashqari, Xon-Yunus markazida Isroil kuchlari falastinliklarga hujum qildi, 3 kishi halok bo‘ldi, yana ikki falastinlikning jasadi shaharning turli hududlarida vayronalar ostidan chiqarib olindi.
G‘azo markazidagi Salahaddin shohko‘chasida Isroil armiyasi oziq-ovqat izlab gumanitar punktlarga yo‘l olgan falastinliklarga qarata o‘q uzdi, 10 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Mavzuga oid

14:27 / 03.07.2025
Shveytsariya G‘azodagi «oziq-ovqat tuzog‘i» - GHFʼni yopmoqda

08:07 / 03.07.2025
Isroil G‘azo janubidagi Xon-Yunus aholisi evakuatsiyasini talab qilmoqda

07:41 / 03.07.2025
BMT: G‘azoda atigi 4,6 foiz foydalanishga yaroqli ekin maydoni qoldi

19:39 / 02.07.2025