BMT: G‘azoda atigi 4,6 foiz foydalanishga yaroqli ekin maydoni qoldi
Mahalliy dehqonlar chodirlar orasidagi vaqtinchalik tomorqalarda yoki buzilgan uylar vayronalari orasida dehqonchilik qilishga urinyapti.

Foto: Anadolu Agency
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Isroilning qirg‘inbarot urushi blokadadagi G‘azo sektorida qishloq xo‘jaligini vayron qilgani, yaroqli ekin maydonlarining atigi 4,6 foizi qolganini ma’lum qildi.
FAOning yozma bayonotiga ko‘ra, FAO bosh direktori yordamchisi hamda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha mintaqaviy vakili Abdelhakim Al-Vayer shunday dedi: «Biz hozirda G‘azoga bitta urug‘ yoki bir qop o‘g‘it olib kela olmayapmiz. Gumanitar yordam tiklanganidan keyin bu yordamni berishga tayyor bo‘lamiz. Ayni paytda biz G‘azo fermerlarining oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash yo‘llarini o‘rganmoqdamiz».
FAO bayonotida ta’kidlanishicha, Isroil hujumlari natijasida G‘azo yerlarining atigi 4,6 foizi foydalanishga yaroqli bo‘lib qolmoqda.
«Juda cheklangan ekin maydonlari tufayli fermerlar chodirlar orasidagi vaqtinchalik tomorqalarda yoki buzilgan uylar vayronalari orasida dehqonchilik bilan shug‘ullanishga harakat qilmoqda», deyiladi bayonotda.
G‘azo sektorida qishloq xo‘jalik oziq-ovqat ishlab chiqarishi inqirozga yuz tutganiga e’tibor qaratgan tashkilot yaqinda Rafah va Xon-Yunus hududlarida 200 fermerga yordam berganini bildirdi.
Mavzuga oid

14:27 / 03.07.2025
Shveytsariya G‘azodagi «oziq-ovqat tuzog‘i» - GHFʼni yopmoqda

08:07 / 03.07.2025
Isroil G‘azo janubidagi Xon-Yunus aholisi evakuatsiyasini talab qilmoqda

07:44 / 03.07.2025
Isroilning G‘azoga ertalabki hujumi oqibatida 29 falastinlik halok bo‘ldi

19:39 / 02.07.2025