Jahon | 21:13 / 09.07.2025
1515
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh armiyasi Patriot raketalari xaridini to‘rt baravar oshirdi

Patriot raketalari uchun talab AQSh va uning ittifoqchilarining havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash yo‘lidagi harakatlari fonida oshgan.

Foto: Bloomberg

AQSh armiyasi Patriot zenit majmualari uchun xarid qilinadigan raketalar sonini 3,3 mingtadan 13,7 mingtagacha oshirdi, deb yozadi Bloomberg. 2026-moliyaviy yilda buning uchun 1,3 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratiladi.

Qayd etilishicha, xaridlar rejasini armiyaning yuqori martabali amaldorlaridan iborat komissiya shakllantirgan. Patriot raketalari uchun talab AQSh va uning ittifoqchilarini havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash yo‘lidagi harakatlari fonida oshgan.

Bir hafta oldin AQSh Ukraina uchun mo‘ljallangan o‘nlab Patriot zenit raketalari jo‘natmasini to‘xtatib qo‘ygandi. Pentagon buni o‘z zaxiralari sezilarli darajada qisqarayotgani sabab amalga oshirganini bildirgan. AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba kuni hech qanday tafsilotlarni keltirmasdan Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qurollarning yangi partiyalarini yuborishi haqida gapirdi. Hozirda Oq uy Ukrainaga yana bitta Patriot havo hujumidan mudofaa tizimini yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Mavzuga oid