Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi (video)
Holat kuzatuv kameralariga tushib qolgan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Shayxontohur tumani hududidagi tibbiyot instituti chorrahasida yer tagida quvur portlagani haqida xabarlar tarqaldi.
Holat kuzatuv kameralariga tushib qolgan, videolarda kamida to‘rtta mashina halokatdan qochish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgani, yana bir necha mashina ustiga toshlar yog‘ilganini ko‘rish mumkin.
FVV holat yuzasidan birlamchi ma’lumot taqdim etdi.
Bugun, 10 iyul kuni soat 11:00 larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Farobiy ko‘chasi hududidan o‘tuvchi, dastlabki taxminlarga ko‘ra, diametri 800 mm suv quvurida kuchli bosim ostida yorilish hodisasi yuzaga kelgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Aniqlanishicha, ushbu holat rejaviy tadbir asosida o‘tkazilgan kommunal tarmoqdagi issiq suv tarmog‘ini bosim ostida tekshirish jarayonida yuzaga kelgan.
Hozirda issiqlik suv quvuridagi ushbu hodisa kommunal-texnik avariya-tiklash brigadasi kuch va vositalari bilan bartaraf etilib, nosozlik oqibatlarini tugatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Voqea joyiga Toshkent shahar FVB, SSB va kommunal soha tashkilotlari mas’ullari hamda kuch va vositalari jalb qilingan.
Hodisa oqibatida 3 kishi yengil tan jarohati olgan va ularga voqea joyida tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Ularni shifoxonga olib borishga ehtiyoj bo‘lmaganligi sababli, o‘z uylariga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid

21:53 / 10.07.2025
“Medgorodok”dagi kabi voqea takrorlanmasligiga kafolat bormi?

18:33 / 10.07.2025
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

16:51 / 10.07.2025
Toshkentda 26 ta ko‘cha tun-u kun ishlaydigan gavjum maskanga aylantiriladi

14:15 / 10.07.2025