Jahon | 16:30 / 11.07.2025
2877
2 daqiqa o‘qiladi

Mers Rossiyadan Ukrainaga yetkazilgan zarar uchun 500 mlrd yevro to‘lashni talab qildi

Germaniya kanslerining fikricha, Ukrainaga yetkazilgan zarar qoplanmaguncha, Moskva G‘arbda muzlatib qo‘yilgan aktivlaridan foydalana olmasligi kerak. Ma’lumot uchun, bu aktivlar jami 210 mlrd dollarga baholangan.

Foto: DPA

Germaniya kansleri Fridrix Mers so‘zlariga ko‘ra, Rossiya urush paytida Ukrainaga yetkazilgan zarar uchun taxminan 500 milliard yevro to‘lashga majbur. Germaniya hukumati rahbari yetkazilgan zarar qoplanmaguncha, Moskva G‘arbda muzlatib qo‘yilgan aktivlardan foydalana olmasligi kerakligini aytdi.

«Rossiya uch yildan ortiq davom etgan urush davomida juda katta zarar yetkazdi. Biz moddiy zararni taxminan 500 milliard yevroga baholaymiz. Rossiya bu zararni qoplashi kerak», dedi Fridrix Mers Rimda Ukrainani qayta tiklashga bag‘ishlangan anjumanda.

2025 yilga kelib, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban Yevropa va boshqa G7 davlatlarida Rossiyaning katta miqdordagi aktivlari muzlatib qo‘yildi.

Ular taxminan 210 mlrd yevroga teng. Ushbu mablag‘larning asosiy qismi 2022 yil fevraligacha G‘arb banklarida saqlangan Rossiya Markaziy bankining zaxiralaridir.Yevropa Ittifoqida 180 milliard yevrodan ortiq mablag‘ muzlatilgan, shundan eng katta qismi Belgiyaning Euroclear depozitariysida. Qolganlari Fransiya, Germaniya, Lyuksemburg va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlarida.

Muzlatilgan aktivlar ichida davlat valuta zaxiralari (jumladan, qimmatli qog‘ozlar, naqd pul, oltin), sanksiyalangan shaxslarning shaxsiy aktivlari (oligarxlar, mansabdor shaxslar, kompaniyalar). Xususiy aktivlarning umumiy miqdori taxminan 20–30 milliard yevroni tashkil qiladi (turli hisob-kitoblarga ko‘ra).

Mavzuga oid