Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning yagona aviatashuvchi kemasi utilizatsiya qilinishi mumkin
Kema 7 yildan beri ta’mirlanmoqda va modernizatsiya ishlari qachon tugashi ma’lum emas.

Foto: RIA Novosti
Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya flotidagi 2018 yildan beri ta’mirlanayotgan yagona aviatashuvchi «Admiral Kuznetsov» kreyserini tiklashdan bosh tortishi mumkin, deb yozdi «Izvestiya».
Nashr manbasi so‘zlariga ko‘ra, hozir kemani ta’mirlash va modernizatsiya qilish to‘xtatilgan va uning kelajagi haqidagi masala yaqinda hal etilishi kerak.
Kreyserni tiklash bilan shug‘ullangan Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondonligi (VMF) va Birlashgan kemasozlik korporatsiyasi (OSK) vakillari hozir aviatashuvchini flotning jangovar tarkibiga qaytarish mantiqiy yoki yo‘qligini muhokama qilmoqda, dedi manba.
Tinch okeani flotining sobiq qo‘mondoni, admiral Sergey Avakyans ta’mirlash ishlarini davom ettirishdan bosh tortishni «mutlaqo to‘g‘ri» deb atadi. Uning fikricha, Rossiya flotiga «Admiral Kuznetsov» hatto modernizatsiya qilingan holda ham kerak emas.
«Aviatashuvchi – eskilik sarqiti. Bu juda qimmat va samarasiz dengiz quroli. Kelajak robot tizimlari va dron tashuvchilarga tegishli. Va agar ta’mirlashni davom ettirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, «Admiral Kuznetsov»ni kesib, temir-tersakka topshirish va utilizatsiya qilish qoladi», dedi Avakyans.
2025 yil holatiga ko‘ra, dunyoda atigi 10 ta davlat aviatashuvchi kemaga ega. Eng yirik flot AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi – 11 ta kema. Shuningdek, Xitoy armiyasida 3 ta, Buyuk Britaniya, Hindiston va Italiyada 2 tadan, Fransiya, Ispaniya, Tailand, Rossiya va Turkiyada 1 tadan aviatashuvchi kema bor.
Mavzuga oid

21:05
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos

16:30
Mers Rossiyadan Ukrainaga yetkazilgan zarar uchun 500 mlrd yevro to‘lashni talab qildi

14:49
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi

13:45