Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
Eng yuqori o‘tish balli huquq sohasi uchun belgilandi – 165 ball. O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 5 avgustgacha qabul qilinadi.

Foto: Kun.uz
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi.
Eng yuqori o‘tish balli huquq sohasi uchun belgilangan – 165 ball. Keyingi yuqori balli yo‘nalish – sog‘liqni saqlash yo‘nalishida o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar kamida 129 ball to‘plashi talab etiladi.
Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.
Eslatib, o‘tamiz, bugun, 15 iyuldan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi. Arizalar 2025 yil 5 avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.
Mavzuga oid

19:35
Ariza topshirishdan hujjatni rasmiylashtirishgacha – o‘qishni ko‘chirishga oid 7 savolga javob

19:14 / 15.07.2025
O‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi

10:04 / 14.07.2025
Oliygohlarga kirish imtihonlari boshlandi

23:51 / 10.07.2025