Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda Tojikiston va O‘zbekiston bilan tutash chegaralar to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi
Prezident Sadir Japarov tegishli qonunni imzoladi.

Foto: president.kg
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «2025 yil 31 mart kuni Xo‘jand shahrida imzolangan Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida uch davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida»gi qonunni imzoladi.
Qonun Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi tomonidan 2025 yil 25 iyunda qabul qilingan.
Qonunning maqsadi «Qirg‘iziston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi va «Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshining Reglamenti to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq davlat ichki tartib-qoidalarini amalga oshirishdan iborat.
31 mart kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va O‘zbekiston prezidentri Shavkat Mirziyoyev Xo‘janddagi uchrashuvda davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Chegaralar tutashgan joy Farg‘ona vodiysida joylashgan bo‘lib, So‘g‘d (Tojikiston), Farg‘ona (O‘zbekiston) va Botken viloyatlarini (Qirg‘iziston) bog‘laydi.
Mavzuga oid

19:04
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi

09:22
Qirg‘izistondan 5,2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs ushlandi

18:27 / 17.07.2025
Tojikiston Rog‘un GES orqali O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib beradi

17:23 / 12.07.2025