Jahon | 00:48
1448
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi

AQSh YeI mahsulotlarining katta qismiga 15 foizlik boj kiritadi. 

AQSh Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzdi, deb e’lon qildi Amerika prezidenti Donald Tramp Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen bilan muzokaralardan so‘ng.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI AQShdan 750 mlrd dollarlik energiya resurslarini sotib oladi hamda Shtatlar iqtisodiyotiga yana 600 mlrd dollarlik sarmoya kiritadi. 

Shuningdek, Bryussel “katta miqdorda” harbiy texnika sotib oladi, dedi Tramp.

Ushbu bitim natijasida Yevroittifoq Tramp tahdid qilgan 30 foizlik bojlardan qutulib qoladi. AQSh bitim doirasida YeI mahsulotlarining katta qismi, xususan, avtomobillarga 15 foizlik boj kiritadi. Bunga qadar YeIdan AQShga mashina va ehtiyot qismlar eksporti uchun boj miqdori 25 foizni tashkil etardi. 

Trampning qo‘shimcha qilishicha, Bryussel AQSh mahsulotlariga hech qanday boj kiritmaydi.

Mavzuga oid