Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil milliy xavfsizlik vaziri G‘azoni bosib olishga chaqirdi
U videomurojaatini musulmonlar uchun muqaddas qadamjolardan biri bo‘lgan Qubbat as sahra fonida suratga olgan.

Foto: REUTERS
Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Quddusdagi Ma’bad tog‘iga chiqdi va o‘sha yerdan turib G‘azo sektorini bosib olishga da’vat qildi.
"Aynan shu yerdan, Isroil suvereniteti imkoniyatini isbotlagan joyimizdan turib butun G‘azoni bosib olish, sektor ustidan Isroil suverenitetini e’lon qilish, HAMASning har bir a’zosini yo‘q qilish va falastinliklarning G‘azoni o‘z ixtiyori bilan tark etishiga imkon berishimiz haqida signal jo‘natishimiz kerak", - dedi u X tarmog‘iga joylashtirgan videomurojaatida.
U bu videomurojaatini musulmonlar uchun muqaddas qadamjolardan biri bo‘lgan Qubbat as sahra fonida suratga olgan.
The Times of Israel nashrining yozishicha, bu Isroil hukumati vaziri ochiqchasiga mazkur hududda ibodat qilgan ilk holatdir. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, Ma’bad tog‘ida faqat musulmonlar ibodat qila oladi, boshqa din vakillari esa bu yerga faqat sayyoh sifatida kelishlari mumkin.
Mavzuga oid

23:57 / 01.08.2025
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi

11:15 / 30.07.2025
Isroil G‘azo sektorini to‘liq anneksiya qilish masalasini ko‘rib chiqmoqchi

22:46 / 29.07.2025
Buyuk Britaniya Falastin davlatini tan oladi - Starmer

21:22 / 29.07.2025