Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chorvoqdagi kurort talablari, Surxondaryodagi yong‘in va QR kodli qurilish obektlari – mahalliy dayjest
«Sea Breeze Uzbekistan» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi. Surxondaryodagi uch qavatli savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. 2024-2025 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025 yil 10 avgustga qadar uzaytirildi. Qurilish obektlarida QR kodli pasport o‘rnatiladi. Mirzo Ulug‘bekning «Ulug‘bek Ziji» asari ilk bor to‘rt tilda nashr etildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga boradi
Shavkat Mirziyoyev 4–5 avgust kunlari Turkmanistonda o‘tadigan Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha BMT konferensiyasida ishtirok etadi. Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tadbirda ham qatnashadi.
«Sea Breeze Uzbekistan» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining «Sea Breeze Uzbekistan» umummavsumiy kurort majmuasini barpo etish bo‘yicha yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi. Ozarboyjonning «Agalarov Development» MChJ hamda uning qo‘shma korxonasi «Sea Breeze Uzbekistan» MChJ tomonidan Chorvoq suv ombori atrofida 577 gektar maydonda qurish rejalashtirilgan loyiha qiymati 5 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi.
Qarorga ko‘ra, kurort hududida atrof-muhit holati, jumladan, suv sifati ustidan davlat organlari tomonidan doimiy nazorat o‘rnatiladi. Yashil maydonlar ekologik va estetik qiymati darajasiga ko‘ra tasniflanadi va eng muhim namunalarga nisbatan kesish emas, balki ko‘chirib o‘tkazish choralari ko‘riladi. Bosh prokuratura kurort hududida barcha shaharsozlik va ekologik me’yorlarga rioya etilishini alohida nazoratga oladi.
Ekologik talablarga rioya etilmasligi loyihaning to‘xtatilishiga va yerga bo‘lgan ijara huquqining bekor qilinishiga asos bo‘ladi.
Grant taqsimoti uchun ariza berish muddati 10 avgustgagacha uzaytirildi
Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024-2025 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025 yil 10 avgustga qadar uzaytirildi.
Grant taqsimlash uchun ariza berishga ulgurmay qolganlar 10 avgustgacha hujjatlarini taqdim etishi mumkin. Arizalar oliygohlarning veb-saytlari orqali yoki kontrakt.edu.uz saytida qabul qilinmoqda.
Qurilish obektlarida QR kodli pasport o‘rnatiladi
QR kodli pasport hududiy nazorat inspeksiyalardan ro‘yxatdan o‘tgan kunda buyurtmachi tomonidan obektning kirish qismiga yoki barcha uchun ko‘rinadigan joyda o‘rnatilishi nazarda tutilgan Nizom tayyorlanmoqda.
Unga ko‘ra, QR kodli pasport buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi. Bunda, QR kodli pasportda quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lishi lozim: obekt nomi va manzili; buyurtmachi tashkiloti nomi; loyiha tashkiloti nomi; pudratchi tashkiloti nomi; buyurtmachining texnik nazoratchisi familiyasi, ismi-sharifi va xizmat telefon raqamlari; loyihachining mualliflik nazoratchisi familiyasi, ismi-sharifi va xizmat telefon raqamlari; pudratchining ichki nazoratchisi familiyasi, ismi-sharifi va xizmat telefon raqamlari; qurilish muddati (boshlangan sana va yakunlash sanasi); obektning umumiy ko‘rinishlari; obektning qirqimi; obektning bosh tarxi; obektning bosh tarxi qaydnomasi; QR kod («Shaffof qurilish» milliy axborot tizimining «Qurilishda davlat nazorati» elektron platformasida aks etuvchi havola); hududiy nazorat inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tgan sanasi va raqami.
Mirzo Ulug‘bekning «Ulug‘bek Ziji» asari ilk bor to‘rt tilda nashr etildi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti olimlari tomonidan «Ulug‘bek Ziji» («Ziji jadidi Ko‘ragoniy») asari ilk bor o‘zbek, rus, ingliz va xitoy tillarida nashr etildi.
Ushbu tarixiy kitob XV asrning buyuk astronom olimning asari bo‘lib, Amir Temurning nabirasi, Movarounnahr sultoni Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan yaratilgan.
Asar to‘rt qismdan iborat bo‘lib, birinchisida xronologiya va taqvimlar, turli xalqlarning yil hisobi, ikkinchi qismda sferik astronomiya va matematik geografiya masalalari hamda matematik va geografik jadvallar berilgan.
Andijonda o‘qituvchilar maktabni ta’mirlashga chiqarildi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh ayollar maktabda ta’mirlash ishlari bilan band ekani aks etgan videolar tarqaldi. Ular maktab xonalari va zallaridagi devor hamda shiftlarni tozalash va oqlash bilan shug‘ullangan.
Bu ayollar Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 42-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari ekani ma’lum bo‘ldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur video yuzasidan munosabat bildirib, holat qat’iy nazoratga olingani hamda atroflicha o‘rganib chiqilayotganini ma’lum qildi.
Surxondaryodagi uch qavatli savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi
Sho‘rchi tumani Bobotog‘ mahallasida ro‘y bergan yong‘inni o‘chirish uchun 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji qariyb 2,5 soat vaqt sarfladi.
Mavzuga oid

23:17 / 01.08.2025
Mikrohududdan tashqarida 1-sinfga qabul va «jafokash» «Sag‘bon» nimstansiyasi – mahalliy dayjest

22:42 / 31.07.2025
Parlamentdagi muxolifat, pulli yo‘llarning kechiktirilishi, o‘zbek sportidagi xush va noxush xabar – mahalliy dayjest

22:52 / 30.07.2025
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest

22:39 / 29.07.2025