Jamiyat | 14:29
864
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqdi

Sirdaryo tumanidagi yuk avtomobilida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha ma’lumot taqdim etildi.

Foto: FVB

Joriy yilning 4 avgust kuni “112” qisqa raqami orqali kelib tushgan xabarga asosan soat 20:04 da Sirdaryo tumani, “Furqat” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lining 879-kmda harakatlanib ketayotgan yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan.

Natijada avtomobilning dvigatel, salon qismi to‘liq xamda tirkamasi (pritsep) qisman yongan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 20:31 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘indan insonlarning tan jarohati olish holatlari kuzatilmagan. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Mavzuga oid