Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda mahbuslarni vaqtincha saqlash hibsxonasi rahbari ishdan bo‘shatildi
Ombudsman tomonidan o‘tkazilgan monitoringda ayrim mahbuslarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari qayd etilgan edi.

Foto: Ombudsman axborot xizmati
2025 yil mart oyida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili, ombudsman Feruza Eshmatovaning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Izboskan tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasidagi (VSH) sharoitlarni o‘rganib, qator kamchiliklarni aniqlagan edi.
Jumladan, hibsxonada sanitariya-gigiyena va moddiy-texnik ta’minotga oid jiddiy kamchiliklar, kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammolar borligi va ayrim mahbuslarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari qayd etilgan.
Ombudsman tomonidan ushbu holatlar bo‘yicha Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasiga kamchiliklarni bartaraf etish va tegishli choralar ko‘rilishi so‘raldi.
Ma’lum qilinishicha, monitoring yakunlariga ko‘ra, 6 nafar xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan va ularga intizomiy choralar qo‘llangan. Jumladan, 1 nafar xodim Intizomiy kengash muhokamasiga qo‘yilgan, 2 nafar xodimga tanbeh, 2 nafariga esa hayfsan intizomiy jazolari berilgan. VSH rahbari esa ichki ishlar organlaridan o‘z arizasiga ko‘ra bo‘shatilgan.
Ta’kidlanishicha, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar boshlangan bo‘lib, ularning to‘liq hal etilishi bo‘yicha ombudsman doimiy nazorat olib boradi.
Mavzuga oid

20:17 / 05.08.2025
Andijonda mast erkak 14 yoshli bolani kaltakladi

14:30 / 04.08.2025
Andijonda qaynukasining mashinasini yoqib yuborgan sobiq kuyovga jinoyat ishi ochildi

22:24 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi

14:28 / 31.07.2025