Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Betmen" filmi rejissyori 101 yoshda hayotdan ko‘z yumdi

Betmen haqidagi film va serial orqali tanilgan Lesli Martinson hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida Deadline nashri xabar berdi.
Martinsonning oila a'zolari ta'kidlashicha, rejissyor 101 yoshida o‘zining Los-Anjyelesdagi uyida "tabiiy sabablarga ko‘ra" hayot bilan vidolashdi.
Rejissyor o‘zining ish faoliyatini jurnalist sifatida boshlagan, keyinchalik MGM kinokompaniyasida ishlay boshlagan. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, u jangga otlangan. Frontdan eson-omon qaytib, Martinson rejissuraga qo‘l uradi.
U ham televideniye, ham kinoda faoliyat ko‘rsatgan. 1966 yilda u "Betmen" filmini suratga oldi, bundan tashqari shu nomli serialni yaratishda ham qatnashdi. Martinsonning boshqa ishlari qatoridan "Meverik", "Uddalab bo‘lmas topshiriq" va "Mo‘'jiza-ayol" seriallari o‘rin olgan.
Mavzuga oid

17:26 / 25.07.2025
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari

20:45 / 21.07.2025
Harorat keskin ko‘tarilishi issiqlikdan o‘lim holatlarini uch baravar oshirishi mumkin – Jahon banki

10:08 / 17.01.2025
Amerikalik rejissyor Devid Linch vafot etdi

16:36 / 30.12.2024