Tesla Motors quyosh batareyasi o‘rnatilgan tomni namoyish etdi

Foto: electrek.co
Tesla Motors kompaniyasi bosh direktori Ilon Mask quyosh batareyasi o‘rnatilgan tayyor tomni namoyish etdi, deb yozmoqda Business Insider nashri.
Qayd etilishicha, batareyalar shunchalik tomga moslanganki, ularning borligi deyarli sezilmaydi. Kompaniya tomlarning to‘rt xil namunasini taklif etmoqda. Shiferli, cherepitsali, naqshli shisha va shishali plitkalardan yasalgan tomlar mijozlarga yetkazib berilishi mumkin.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tom uyni 100 foiz qayta tiklanuvchi energiya bilan ta'minlay oladi.
Bundan tashqari, kompaniya energiyani to‘plovchi qurilmaning takomillashtirilgan Powerwall 2 rusumini namoyish etgan.
Mavzuga oid

17:26 / 11.06.2025
Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi

18:40 / 09.06.2025
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

15:04 / 09.06.2025
Maskning otasi Moskvada: Ilon xatoga yo‘l qo‘ydi

14:55 / 08.06.2025