Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
VW AQSh hukumati bilan kelishdi

Foto: Egocar.pl
Germaniyaning Volkswagen avtokonserni Amerikaning ekologiya agentligi bilan 80 mingga yaqin Audi, VW va Porsche avtomobillarini xarid qilish yoki ta'mirlash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu kelishuv 3 litrli dizel dvigatellar o‘rnatilgan avtomobillarga tegishlidir. Shu bilan is gazi chiqarish bilan bog‘liq mojaroning poyoni ko‘rinmoqda, deb xabar qilgan Bloomberg agentligi.
Kaliforniya havo zaxiralari kengashi va atrof muhitni muhofaza qilish agentligi bilan erishilgan kelishuvga muvofiq, Volkswagen 60 mingga yaqin mashinani ta'mirlash va ta'mirga yaroqsiz holga kelib qolgan 19 ming atrofidagi juda eski avtomobillarini xarid qilishga ruxsat oladi. Rejaga ko‘ra, ta'mirlanuvchi mashinalarning dasturiy ta'minoti yangilanadi, shu bilan kompaniya 4 mlrd dollarga yaqin mablag‘ini tejab qolishi mumkin bo‘ladi.
Bundan avval, Volkswagen sohadagi rekord darajadagi topon puli -16,5 mlrd dollar to‘lashga rozi bo‘lgan edi. 2 litrlik dizel dvigatellariga ega 500 ming mashinaning yoqilg‘i sarfiga oid muammolarni hal etish maqsadida shunday kelishuvga erishilgandi. Endilikda, kompaniya yirik hajmli dvigatellari borasida ham shunday kelishuvga erishishga harakat qilmoqda.
O‘tgan yili, kompaniya rahbariyati, dunyo bo‘yicha 11 mln dizel avtomobillariga, AQSh ekologik talablarini chetlab o‘tishga imkon beruvchi maxsus dastur o‘rnatilganini tan olgan edi.
Mavzuga oid

10:29
FT: Tramp Rossiyaning «soyadagi floti»ga qarshi sanksiyalarga tayyor

23:45 / 05.08.2025
Amerikalik avtopoygachi jahon rekordini o‘rnatishga urinib, halok bo‘ldi

22:46 / 05.08.2025
Rossiya sanksiyalardan qutulish uchun Ukrainada «havo sulhi» taklifini ko‘rib chiqmoqda

21:16 / 05.08.2025