Yer aholisi 7,4 mlrd kishidan oshdi

Foto: panthermedia/vostock-photo
Yer sayyorasi aholisi 2016 yil davomida 7,433 mlrd kishiga yetdi. Bu haqda AP agentligi BMTning demografik fondi hisobotiga asoslanib xabar bergan. Hisobot chorshanba kuni Iordaniya poytaxti Oman shahrida e'lon qilindi.
Hisobotga ko‘ra, joriy yilda aholi o‘sishi 1,1 foizni (80,8 mln kishi atrofida) tashkil qilgan. 2015 yilning shu davrida Yer yuzi aholisi 7,349 mlrd kishi edi.
Bundan tashqari, hisobotda qayd etilishicha, Yer yuzi aholisining 24 yoshgacha bo‘lgan qatlamining deyarli yarmi gender notengligidan (erkaklar foydasiga) aziyat chekadi.
Hisobot mualliflarining tasdiqlashicha, rivojlanayotgan mamlakatlar hukumatlarining 10 yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun sog‘liqni saqlash va ta'lim sohasida qay darajada e'tiborligiga qarab 21 mlrd dollar foyda qilishi yoki yo‘qotishi mumkin.
Mavzuga oid

21:18 / 30.04.2025
BMT O‘zbekiston tashabbusi bilan 29 aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e’lon qildi

20:46 / 29.04.2025
BMT: 2014 yildan beri dunyoda 72 mingdan ortiq migrant halok bo‘ldi

21:43 / 28.04.2025
O‘zbekiston ilk marta BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga saylandi

20:33 / 28.04.2025