Turkiya bosh vaziri AQShni tanqid qildi

Foto: AFP
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim AQShni Kurdiston ishchi partiyasini qo‘llab-quvvatlagani uchun tanqid qildi. U AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp ma'muriyatidan bu holat tugatilishini kutayotgani haqida ma'lum qilgan, deb xabar beradi Assoshieyted Press agentligi.
Turkiyaning Anadolu agentligi dekabr oxirida o‘z manbalariga tayangan holda AQSh demokratik ittifoq Partiyasiga qurol-yarog‘ yetkazib berishni faollashtirgani haqida xabar bergandi. U Suriyadagi eng yirik kurdlar partiyasi bo‘lib, Anqara uni terrorchilik tashkiloti, deb hisoblaydi.
"Turk xalqi AQShning yangi ma'muriyati bu sharmandali holatga yakun yasashini kutmoqda", - deya aytib o‘tdi Yildirim.
Assoshieyted Press agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiya bosh vaziri Suriya shimolida 2016 yilning avgustida boshlangan amaliyot vaqtida IShIDning 1200 jangarisi yo‘q qilinganini ham xabar qilgan.
Mavzuga oid

12:57
Mers Tramp bilan suhbatdan keyin: Rossiyaga bosimni kuchaytirish kerak

12:49
Rossiya TIV: AQSh munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralarni bekor qildi

09:10
Tramp Yaqin Sharq tufayli G7 sammitini zudlik bilan tark etdi

08:52