Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning yangi kruiz layneri birinchi safarini bahsli orollarga uyushtirdi

Xitoyning yangi kruiz layneri Changle Princess (Malika Chanle) Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli Sisha orollariga (Parasel orollari) ekoturistik yo‘nalish bo‘yicha birinchi safariga jo‘nadi.
Avvalroq layner operatori Hainan Strait Shipping Co. kompaniyasi uzunligi 126,6 metr va eni 20,5 metrlik layner Sisha orollariga mart oyida birinchi reysini amalga oshirishini ma'lum qilgandi.
Kema Sanya shahridagi Fenxuandao portidan 2 mart kuni jo‘nagan.
"Sinxua" axborot agentligining ma'lum qilishicha, kemada 330 yo‘lovchiga mo‘ljallangan 82 ta kayuta, restoran, supermarket va tibbiy punkt mavjud.
Avvalroq Xitoyning Xaynan viloyati 2020 yilgacha yana bir bahsli orollar – Nansha (Spratli) orollariga muntazam kruiz safarlarini yo‘lga qo‘ymoqchiligi ma'lum qilingandi.
Xitoy Sisha va Nansha arxipelaglarini o‘ziniki deb hisoblaydi va bu orollar hamda uning atrofidagi suv hududlaridagi faoliyati qonuniy ekanligi va Xitoy suvereniteti ostiga tushishini ta'kidlab keladi. Bu orollarga mintaqadagi qolgan davlatlar ham da'vogarlik qilib keladi.
Mavzuga oid

00:15
Xitoyda ajrashayotgan er-xotin 29 bosh tovuqni teng bo‘lishishdi

20:05 / 10.08.2025
Xitoy janubida bir hafta ichida chikungunya bezgagi bilan bog‘liq 1,3 mingdan ortiq holat qayd etildi

11:06 / 09.08.2025
Tramp Intel rahbarini Xitoy bilan yaqinlashib ketganlikda ayblab, iste’fo berishga chaqirdi

08:50 / 09.08.2025