Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
K Pro - KFC’dan xitoycha sog‘lom taomlar restorani (foto)
Xitoyning Hangchjou shahrida KFC brendining yog‘li fast-fudlar o‘rniga sog‘lom taomlanishni taklif etuvchi K Pro umumiy ovqatlanish korxonasi ochildi.
Bu yerda sizga aslo laganlab qovurilgan jo‘ja berilmaydi.
Restoranning menyusidan dudlangan lososlar, krevetkalar, salat va grilda pishirilgan tovuqli sendvichlar o‘rin olgan.
To‘g‘ri, ovqatlarning ba'zilari sog‘lom taomlanish talablariga javob bermaydi — masalan, kartoshka-fri va yumshoq muzqaymoq buyurtma qilish mumkin, KFCning an'anaviy achchiq qanotchalarining ixlosmandlariga u menyuning gazaklar bo‘limiga o‘tkazib qo‘yilgan.
«Ekofastfud» trendi 2017 yilda ham kuchayishda davom etdi. Umumiy ovqatlanish bozori tahlilchilari aynan sog‘lom taomlanishni taklif etuvchi muassasalar paydo bo‘lishini, shuningdek, faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘pgina restoranlar menyusining ancha sog‘lom ko‘rinish olishini kutishmoqda.
Mavzuga oid

23:24 / 02.08.2025
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi

22:14 / 02.08.2025
Xitoyda chikungunya epidemiyasiga qarshi kurashish uchun ulkan kannibal-chivinlar yuborildi

23:25 / 01.08.2025
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi

08:10 / 01.08.2025