«Chelsi» Alvaro Moratani o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi

«Chelsi» rasmiy saytida «Real»dan ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata sotib olingani haqida rasman ma'lum qilindi. Futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolangan.
Sky Sports ma'lumotiga ko‘ra, ushbu transfer qiymati 80 mln yevroni tashkil etgan.
Yaqin vaqtlar ichida 24 yoshli futbolchi Osiyoda yig‘in o‘tkazayotgan jamoa safiga borib qo‘shiladi.
Morata o‘tgan yozda «Real»ga «Yuventus»dan qaytgandi. 2016/17 yilgi mavsumda u Primeraning 26 uchrashuvida maydonga tushib 15 gol urdi.
Mavzuga oid

14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari

21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi

11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari

01:58 / 26.01.2025