Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda noyob avtomobillar ijarasi paydo bo‘ldi

Foto: motor.ru
Klassik avtomobillarni sug‘urta qilish bilan shug‘ullanuvchi Hagerty kompaniyasi AQShda DriveShare xizmatini ishga tushirdi. U noyob mashinalar egalariga avtomobillarini ijaraga berish imkonini beradi. Bunda “orzu” avtomobilida sayr qilishni istovchilar maxsus sug‘urta oladilar.
Ijarachi sifatida portalda qayd qilinuvchilar 500 dollar miqdorida depozit kiritishlari kerak bo‘ladi. Bundan keyin Hagerty ularga istalgan mashinaga million dollargacha bo‘lgan summaga sug‘urtani ta'minlaydi.
Biror qiziqtiruvchi mashinani izlash ham interfaol xarita orqali (uni yaqin orada topish uchun), ham turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Avtomobillar egalari ijara haqini o‘zlari belgilaydilar. Bunda ijara to‘lovi ichiga yo‘llarda yordam xizmatidan foydalanish imkoni kiritiladi.
Ushbu xabar berilgan vaqtda DriveShare saytida AQShning turli qismlarida 134 avtomobil taklif etilayotgandi. Ular orasida superkarlar, masl-karlar, oldtaymerlar hamda kabriolet va “quvvatlangan” modellar mavjud.
Misol uchun, portalda Kaliforniyada Lamborghini Aventador mashinasini ijaraga berish taklif etiladi. Uning bir kunlik ijarasi narxi 3300 dollarni tashkil qiladi. Shu vaqtning o‘zida Atlantada kuniga ming dollarga 1971 yilning Chevrolet Corvette kabrioletini olish mumkin. Texasning Pleyn shahrida esa 179 dollarga 1931 yilning Ford Model A mashinasini ijaraga olish mumkin. Bu ijaraga beruvchi o‘zining 86 yillik “Ford”ini erkin boshqarishga bermoqda, ya'ni ijarachi uni mustaqil boshqarishi mumkin. Juda eski avtomobillardan ba'zilarini esa tadbirlargagina buyurtma qilish mumkin, bunda mashinani uning egasi boshqaradi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amerikalik erkak ChatGPT maslahatlari tufayli shifoxonaga tushdi
Jahon | 09:36
-
Ukraina Rossiyaning 2 ming km uzoqlikdagi hududiga zarba berdi
Jahon | 08:57
-
Jomboy tumanidagi «zapravka» yonib ketdi
O‘zbekiston | 08:53
-
Rossiya qo‘shinlari Zaporojiye shahri avtovokzaliga aviabomba tashladi
Jahon | 08:53
Mavzuga oid

20:46 / 07.08.2025
"Ijara 500$, o‘rtakashlik esa yana 250$" - valutada hisoblashuvchi makler-rieltorlarni kim nazorat qiladi?

07:42 / 07.08.2025
Davlat organlari hududidan savdo faoliyati uchun foydalanish mumkin bo‘ladi

12:58 / 26.07.2025
Soxta "dacha" e’lonlari orqali fuqarolarni chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi

07:53 / 14.07.2025