Buxoroda “og‘ufurush” fuqaro fosh etildi
Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan Peshko‘ tumani, Malishoyak MFY, Ko‘saravon qishlog‘i hududida o‘tkazilgan «Qoradori-2017» tezkor tadbiri davomida aniqlanishicha, shu qishloqda yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan A.I.R.ning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilganda, hovli tomorqasida kuyovi Romitan tumani, Qoqishtuvon MFY, Qoqishtuvon qishlog‘ida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan B.Ch.O. ta'qiqlangan ekin hisoblangan tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan 5 tup kannabis o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib yetishtirib kelayotganligi aniqlangan va ushbu o‘simliklar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Bundan tashqari, shu kunning o‘zida B.Ch.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, yashash xonasidan sotish maqsadida 15 dona gugurt qutilarga solib qadoqlangan sof vazn 79,05 gr.ga teng bo‘lgan marixuanna giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan B.Ch.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi va 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

21:52 / 12.06.2025
Buxoro viloyati hokimi hujjati yo‘q binoni “ichidagi odami bilan ko‘mib tashlash”ni buyurdi

14:04 / 10.06.2025
Buxoroda 2 yoshli bola ikkita tangani yutib yubordi

17:58 / 03.06.2025
Buxoroda 36 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi ikkita Damas’da tashildi

20:22 / 29.05.2025