Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Butunjahon savdo tashkilotiga Qozog‘iston ustidan arz qildi

Foto: AFP
17 oktabr kuni Qirg‘iziston hukumati Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi vaziyat bo‘yicha Butunjahon savdo tashkiloti Kotibiyatiga murojaat yubordi.
QR Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berishicha, murojaatning yuborilishiga Qozog‘iston tomonidan tariflar va savdo to‘g‘risidagi umumiy bitimning asosiy me'yorlari va JSTni ta'sis etish to‘g‘risidagi kelishuvning buzilishi sabab bo‘lgan.
«Sizga shuni ma'lum qilamizki, 10 oktabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Qirg‘iziston-Qozog‘iston va Rossiya-Qozog‘iston davlat chegaralarida to‘satdan qo‘shimcha nazorat choralarini qo‘lladi.
Qayd etish joizki, Qozog‘iston tomonidan qo‘shimcha nazorat choralari joriy etilgandan keyin «Ak-Jol» va «Ak-Tilek» asosiy hamda eng katta nazorat punktlarida Qirg‘izistondan kelgan fuqarolar va transport vositalarining o‘rtacha soni kuniga 2,4 martaga kamaygan.
Qirg‘iziston Qozog‘iston Respublikasi kabi Butunjahon savdo tashkilotining teng huquqli a'zosi hisoblanadi hamda Butunjahon savdo tashkiloti doirasida o‘z huquqlarini to‘liq himoya qiladi», - deya xabar berdi matbuot xizmati.
Mavzuga oid

09:05 / 25.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan

08:30 / 22.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

21:03 / 18.07.2025
Qirg‘izistonda Tojikiston va O‘zbekiston bilan tutash chegaralar to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

19:04 / 18.07.2025