«Men harbiy asirman». Saakashvili sudda o‘ziga ta'rif berdi

Foto: Ukrayinska pravda
Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Kiyev shahrining Pechersk tumani sudida o‘zini harbiy asir, deb hisoblashi haqida ma'lum qildi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» xabar bermoqda.
«Men o‘zimni qo‘lga olingan shaxs deb hisoblamayman. Men o‘zimni harbiy asir, deb bilaman», - deya aytib o‘tdi siyosatchi.
Kiyev shahrining Pechersk tumani sudi Saakashviliga ehtiyot chorasi qo‘llash bo‘yicha yig‘ilishni boshladi. Siyosatchining tarafdorlari binoga hujum qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Batkivshchina» partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning buyrug‘iga ko‘ra qo‘lga olingani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

16:59
Kiyev sudi Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni sirtdan 15 yilga hukm qildi

16:41
Putin 9 may kuni Ukrainada o‘t ochish to‘xtatilishini e’lon qildi

15:23
«Bu muhim hafta bo‘ladi» - Rubio tinchlik muzokaralari haqida

13:52