Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tintuv va telefon so‘zlashuvlarini eshitishga sanksiyani endi sud berishi belgilanmoqda

Foto: The Federalist
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida tintuv va telefon so‘zlashuvlarini eshitishga sanksiya (ruxsat) berish vakolatini prokurordan sudga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.
Rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasiga asoslangan holda «Habeas korpus» institutini yanada kengaytirish doirasidagi surishtiruv va dastlabki tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish maqsadida joriy yilning 20 iyuniga qadar, tintuv va telefon so‘zlashuvlarini eshitishga sanksiya berish vakolati sudlarga o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, protsessual qonunchilik normalarini buzgan holda olingan ko‘rsatuvlar, ekspert xulosasi, ashyoviy dalillar hamda boshqa materiallardan sudda dalil sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilanmoqda.
Shuningdek, shaxsni noqonuniy ushlab turish, qamoqqa olish, jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukm qilishga sabab bo‘lgan, hujjatlar yoki ashyolarga bila turib yolg‘on ma'lumotlar va boshqa buzib ko‘rsatilgan faktlarni kiritish, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘rsatuv berishga majburlash, ish bo‘yicha haqiqiy holatlarni buzib ko‘rsatish orqali dalillarni qalbakilashtirganlik uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid

12:19 / 23.07.2025
Bloomberg: YeI sanksiyalari Hindistondagi "Rosneft" zavodiga zarba berdi

10:44 / 23.07.2025
AQSh energetika vaziri: Rossiya neftiga qarshi sanksiyalar «juda real»

07:40 / 23.07.2025
Xitoy: Rossiyaga qarshi sanksiyalar Xitoy va YeI munosabatlariga zarba berdi

23:12 / 21.07.2025